«shuhrat g‘aniyev» tegli maqolalar


Test: Bu gapni kim aytgan?
31 dekabr 2023, 12:16 1

Test: Bu gapni kim aytgan?

“Ko‘p go‘sht yeyapmiz”, “kuniga 5600 so‘m topgan odam qashshoq emas”, “2,5 mln so‘m besh kishilik oilani boqishga bemalol yetadi” — bunday shedevrlar tarixda qoldi. Hozir amaldorlar o‘ta ehtiyotkor. Shunga qaramay, 2023-yil ham bir qator iqtiboslar bilan tarixda qoladi. “Gazeta.uz” ular asosida test tayyorladi.

“Klasterlar fermerga qarab o‘tirmasin, dalaga kelib, paxta terib ketaversin” — Shuhrat G‘aniyev
24 oktabr 2023, 15:51

“Klasterlar fermerga qarab o‘tirmasin, dalaga kelib, paxta terib ketaversin” — Shuhrat G‘aniyev

Kun.uz O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Shuhrat G‘aniyev ishtirokidagi yig‘ilishdan lavhani e’lon qildi. U klasterlar fermerlarga qarab o‘tirmasdan paxta terib ketishiga ruxsat berdi, shuningdek, bu jarayonga Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura rahbarlarining o‘rinbosarlarini jalb qildi.

“Jipiriq, shunchalik ham aldaysanmi?” Shuhrat G‘aniyev hokimlarni qo‘shib yozganlik uchun tanqid qildi
3 iyul 2023, 13:21

“Jipiriq, shunchalik ham aldaysanmi?” Shuhrat G‘aniyev hokimlarni qo‘shib yozganlik uchun tanqid qildi

Tarmoqlarda prezident maslahatchisi o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev yig‘ilishda hokimlar va suv xo‘jaligi rahbarlarini qo‘shib yozish va sug‘orish ishlari sifatsiz olib borilayotgani uchun tanqid qilgan video tarqaldi. U prokuraturaga Qashqadaryo viloyatining uchta tumani hokimlarini jinoiy javobgarlikka tortishni buyurdi.

Shuhrat G‘aniyev prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi
4 yanvar 2023, 16:08

Shuhrat G‘aniyev prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Shuhrat G‘aniyev prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha bosh vazir o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi, Shuhrat G‘aniyev va Aktam Xaitov tanqid qilindi
6 sentabr 2022, 14:30

Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi, Shuhrat G‘aniyev va Aktam Xaitov tanqid qilindi

Prezident qishloq xo‘jaligidagi kamchiliklarni tanqid qilib, bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev va Fermer xo‘jaliklari kengashi rahbari Aktam Xaitovni ogohlantirdi. Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Teshayev faoliyatidagi kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etildi.

Shuhrat G‘aniyevning yopiq bayonnomasi klaster va fermerlarda savollarni tug‘dirmoqda
7 aprel 2022, 13:58

Shuhrat G‘aniyevning yopiq bayonnomasi klaster va fermerlarda savollarni tug‘dirmoqda

Namangan viloyatining Norin tumanida mahalliy hokimiyat Iftihor Kiyim Sanoat klasterini boshqa bir klaster — Uztex Uchkurgan bilan uch yildan buyon ishlab kelayotgan fermer xo‘jaliklariga biriktirmoqchi bo‘lmoqda. Klasterlarni o‘zgartirish bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev tomonidan imzolangan yig‘ilish yopiq bayonnomasida ko‘zda tutilgan. Uztex 2022 yil uchun fermerlar bilan tuzilgan shartnomalarning bir qismini moliyalashtirgani, biroq viloyat hokimi yon berishni istamaganini ma’lum qildi. Fermerlarning aytishicha, ular joriy klasterdan mamnun. Iftihor Kiyim Sanoat esa «bu yerlarni so‘ramaganliklarini» bildirdi.

Narxini eshitib, hokim haydavorgandi — deputat baland bayroqlar o‘rnatilishi haqida
29 aprel 2021, 17:16

Narxini eshitib, hokim haydavorgandi — deputat baland bayroqlar o‘rnatilishi haqida

Deputat Doniyor G‘aniyev Qarshida balandligi 62,5 metrga teng 1,35 mlrd so‘mlik bayroq o‘rnatilishiga munosabat bildirib, 2 yil avval Farg‘onadagi shunga o‘xshash holatni yodga oldi. O‘shanda Farg‘onada o‘rnatilishi kerak bo‘lgan bayroqning sarf-harajatlari 1 mlrd so‘m atrofida bo‘lishi aytilgan. «Narxini eshitib, hokim haydavorgandi», — dedi u.

Mehnat vazirligi Shuhrat G‘aniyev yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazganiga munosabat bildirdi
21 aprel 2021, 08:43

Mehnat vazirligi Shuhrat G‘aniyev yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazganiga munosabat bildirdi

Yakshanba kuni bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, unga hokimiyatlar, vazirlik va idoralar xodimlari jalb qilingan. Mehnat vazirligi vaziyatga munosabat bildirdi va idoralarga dam olish kunida ishga jalb qilingani uchun qo‘shimcha ish haqi to‘lash to‘g‘risida ogohlantirish yuborilganini ma’lum qildi.

«Shuhrat G‘aniyev bosh vazir bo‘lganimdan beri yonimda yuribdi» — prezident
5 fevral 2021, 11:47

«Shuhrat G‘aniyev bosh vazir bo‘lganimdan beri yonimda yuribdi» — prezident

Prezident Farg‘ona viloyatidagi safari davomida bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyevning faoliyatiga to‘xtalib, «u halol odam, toza odam, halovati yo‘q odam. Farg‘ona xalqini og‘ir sinov kunlarida nisbatan juda katta ish qildi, men undan roziman» dedi. Prezident Buxoroga tashrifi chog‘ida qishloq xo‘jaligi sohasini uni qoniqtirmayotganligini, tizim to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmas, G‘aniyevni ishdan bo‘shatishini aytgan edi.

Prezident: Shuhrat G‘aniyev va Jamshid Xo‘jayev tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasa, ishdan ketadi
22 yanvar 2021, 15:27

Prezident: Shuhrat G‘aniyev va Jamshid Xo‘jayev tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasa, ishdan ketadi

Prezident Buxoroda Xalq deputatlari viloyat kengashining yig‘ilishida qishloq xo‘jaligi juda orqada qolayotganini ta’kidladi. Tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasa bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev hamda qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayevni ishdan bo‘shatishini aytdi.

«Menga qorovul bo‘ladigan vazir kerak emas». Prezident suv xo‘jaligi vazirini tanqid qildi. Shuhrat G‘aniyev ham tanbeh eshitdi
16 noyabr 2020, 14:50

«Menga qorovul bo‘ladigan vazir kerak emas». Prezident suv xo‘jaligi vazirini tanqid qildi. Shuhrat G‘aniyev ham tanbeh eshitdi

Prezident suv xo‘jaligini vaziri Shavkat Xamrayevni Qashqadaryodagi irrigatsiya va melioratsiya ishlari holati uchun tanqid qildi. Shavkat Mirziyoyev unga viloyat suv xo‘jaligi rahbarlarini ishdan olish va ishlaydigan odamlarni qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi. Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev ham davlat rahbaridan tanbeh eshitdi.

Shuhrat G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi
25 sentabr 2020, 14:11

Shuhrat G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Avvalroq uning boshqa ishga o‘tishi kutilayotgani, o‘rniga esa Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov tayinlanishi xabar qilingan edi.

Namangan viloyatiga yangi hokim tayinlandi
25 sentabr 2020, 12:50

Namangan viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Shavkat Abdurazzoqov Namangan viloyatiga hokim etib tayinlandi. Viloyatning avvalgi rahbari Xayrulla Bozorovning Farg‘ona viloyatiga hokim etib tayinlanishi, Shuhrat G‘aniyevning boshqa ishga o‘tishi kutilmoqda.

So‘xdagi tartibsizliklarda ayblanayotgan olti kishining ismi ma’lum bo‘ldi
4 sentabr 2020, 13:01

So‘xdagi tartibsizliklarda ayblanayotgan olti kishining ismi ma’lum bo‘ldi

«Gazeta.uz» So‘x tumanidagi tartibsizliklarda ishtirok etganlikda ayblanayotgan olti kishining ismini aniqladi. Ulardan ikki nafarining oilasi bilan suhbatlashdik. Qarindoshlari qo‘lga olinganlarning mojaroda ishtirok etmaganini ta’kidlashmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting